Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Basta Toshkentda katta konsert beradi!

2027-yil 17-aprel kuni artist Humo Arena sahnasida chiqish qiladi. Dasturdan «Сансара», «Моя игра», «Медлячок» va boshqa mashhur treklar o‘rin olgan bo‘lib, tomoshabinlar ularni shaharning eng yirik maydonlaridan birida jonli ijroda tinglashlari mumkin. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mdan 1 700 000 so‘mgacha.

Afsonaviy «Sekret» guruhi Toshkentda konsert beradi!

11-dekabr kuni «Panorama» Kino san’ati saroyida Maksim Leonidov va Nikolay Fomenko «Sekret FM» dasturini taqdim etadi.Konsertda «Privet», «Alisa», «Bugi-vugi kajdiy den», «Moya lyubov na pyatom etaje» kabi mashhur xitlar va jamoaning yangi qo‘shiqlari jonli ijroda yangraydi. Chiptalar narxi: 450 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Scally Milano Toshkentda konsert beradi!

22-oktyabr kuni SAHNA klubida san’atkorning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. Unda pleylistlar va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan «Дай мне шанс», «Русская кукла» va «Днями и ночами» kabi treklar jonli ijroda yangraydi. Mehmonlarni jonli ovoz va jo‘shqin klub shousi kutmoqda. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Jahon xitlari jazz uslubida yangraydi!

13-oktabr kuni «Na krishe» kinoteatrida SOUNDTRAVEL guruhining Jazz na krishe musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi. Ochiq osmon ostida «What a Wonderful World», «Sway», «Careless Whisper», «Shape of My Heart» va boshqa mashhur qo‘shiqlarning jazz hamda lounge talqinlari yangraydi. Chiptalar narxi: 329 000 so‘mdan 479 000 so‘mgacha.

“Kino” guruhining afsonaviy xitlari Toshkentda yangraydi!

4-oktyabr kuni Uchtepa tumani Madaniyat va istirohat markazida Qozog‘istonning Pulse Kino tribyut guruhi konsert beradi.Musiqachilar Viktor Soy va “Kino” guruhining mashhur qo‘shiqlarini jonli ijro etib, afsonaviy kompozitsiyalarning o‘ziga xos ohangi va muhitini yetkazib beradi. Chiptalar narxi: 130 000 so‘mdan 300 000 so‘mgacha.

Cream Soda Toshkentda konsert beradi!

10–11-oktabr kunlari guruh «Turkiston» san’at saroyida o‘tkaziladigan Sublimation elektron musiqa festivalida ishtirok etadi. Mehmonlarni ikki sahnada ikki kunlik musiqa, yorug‘lik installyatsiyalari va zamonaviy san’at kutmoqda. Cream Soda «Никаких больше вечеринок», «Плачу на техно» va boshqa mashhur treklarini ijro etadi. Chiptalar narxi: 300 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Lucaveros Toshkentda chiqish qiladi!

1-oktabr kuni BLA BLA BARda o‘zining ohangdor repi va sevgi haqidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan qozog‘istonlik ijodkorning konserti bo‘lib o‘tadi.Mehmonlarni o‘ziga xos musiqiy kecha, jonli ijro va romantik hikoyalarning saundtreklariga aylangan Lucaverosning tanish taronalari kutmoqda. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mgacha.

MAYOT Toshkentda chiqish qiladi!

MAYOT Toshkentda chiqish qiladi!12-noyabr kuni «Yunusobod» sport majmuasida ijodkorning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi.MAYOT «Море», «Снег» va «Запятая» kabi musiqiy platformalarda millionlab tinglovlarni to‘plagan treklari orqali keng tanilgan. Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha.

Toshkentda «VIA Gra»ning afsonaviy xitlari yana yangraydi!

3-oktabr kuni BLA BLA BAR sahnasida o‘z avlodining eng mashhur guruhlaridan biri — «VIA Gra»ning sobiq solisti Olga Meganskaya chiqish qiladi.Mehmonlarni «Попытка № 5», «Бриллианты» va «Поцелуи» kabi tanish qo‘shiqlar sadolari ostida nostaljiyaga boy unutilmas oqshom kutmoqda. Chipta narxi: 200 000 so‘m.