Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Toshkentda sevimli fantastik olamlar, kospley va geyk-madaniyatiga bag‘ishlangan ikki kunlik festival!

19–20-dekabr kunlari Humo Arena kichik arenasida anime, kino, komiks va videoo‘yinlar muxlislari uchun Geek Con 2026 festivali bo‘lib o‘tadi. Mehmonlarni kосплей-shoular, mavzuli fotohududlar, merch mahsulotlari yarmarkasi va taklif etilgan mashhur mehmonlar bilan uchrashuvlar kutmoqda.Festivalning ilk e’lon qilingan mehmoni — Temir odam, Joker va «Jodugar» muxlislariga ovozi tanish bo‘lgan mashhur dublyaj aktyori Vladimir Zaytsev. U 19-dekabr … Read more

Kuzning eng yirik avtomobil tadbiri Toshkentda bo‘lib o‘tadi!

21–23-oktyabr kunlari CAEx majmuasida MOTORFEST 2026 PART II festivali o‘tkaziladi. Mehmonlarni tyuning loyihalari va shou-karlar, drift-taksi, GT3 virtual poygalari, maxsus trassa, konsertlar hamda Food Fest kutmoqda. Festival Automechanika Tashkent ko‘rgazmasi bilan birgalikda tashkil etiladi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 700 000 so‘mgacha.

BYD e-Mobility Festa 2026

1–4-oktyabr kunlari Tashkent City Park’da BYD e-Mobility Festa 2026 festivali bo‘lib o‘tadi. Mehmonlar yangi BYD Sealion 6 EV va Ti 7 modellarini, shuningdek, YANGWANG U9 elektr superkarini birinchilardan bo‘lib ko‘rishlari mumkin. Dasturdan interaktiv zonalar, avtomobillar namoyishi, tanlovlar va san’atkorlarning kechki chiqishlari o‘rin olgan. Festivalga kirish bepul.

Cream Soda Toshkentda konsert beradi!

10–11-oktabr kunlari guruh «Turkiston» san’at saroyida o‘tkaziladigan Sublimation elektron musiqa festivalida ishtirok etadi. Mehmonlarni ikki sahnada ikki kunlik musiqa, yorug‘lik installyatsiyalari va zamonaviy san’at kutmoqda. Cream Soda «Никаких больше вечеринок», «Плачу на техно» va boshqa mashhur treklarini ijro etadi. Chiptalar narxi: 300 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

BROADWAY FEST!

2–4-oktabr kunlari shaharning qoq markazida, «Broadway Square» maydonida mehmonlarni jonli chiqishlar, DJ-setlar va yorqin dekoratsiyalar kutmoqda.Festival hududida fud-kortlar, fot zonalar va butun oila uchun ko‘ngilochar zonalar ham faoliyat yuritadi. Kirish bepul!

Toshkentda Yaponiya–O‘zbekiston musiqa festivali bo‘lib o‘tadi!

10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida yaponiyalik xonanda Tokiko Kato, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va Tumor raqs ansambli chiqish qiladi.Dasturdan «Million alvon atirgul» hamda Hayao Miyazakining «Porco Rosso» animesidagi yakuniy qo‘shiq o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 100 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha.

SLAM FEST!

Toshkentda katta SLAM FEST rok festivali bo‘lib o‘tadi!26-sentabr kuni «Panorama» yozgi amfiteatri jonli musiqa va og‘ir rok ixlosmandlarini bir joyga jamlaydi.Festivalning bosh xedlayneri MURABBO guruhi bo‘ladi. Shuningdek, sahnada taniqli mahalliy rok jamoalari va Qozog‘istondan maxsus mehmon chiqish qiladi.Mehmonlarni keng ko‘lamli vizual shou, mahalliy brendlar marketi va fud-kort kutmoqda. Chiptalar narxi: 65 000 soʻmdan.

YONAR

Qoraqalpog‘istonda bor-yo‘g‘i uch kundan keyin g‘oyib bo‘ladigan shahar yana paydo bo‘ladi!16–19-sentabr kunlari Borsakelmas sho‘rxokligida YONAR xalqaro eksperimental san’at loyihasi bo‘lib o‘tadi.Ishtirokchilar vaqtinchalik White Salt City shaharchasini barpo etib, art-obyektlar yaratadi va noodatiy sahro manzaralari bag‘rida musiqiy sessiyalar o‘tkazadi. Ishtirok etish bepul, ammo faqat oldindan ariza topshirish orqali.

Chxusok 2026!

26-sentabr kuni Koreys madaniyati va san’ati saroyida mehmonlarni yorqin musiqiy va raqs chiqishlari, an’anaviy koreys taomlari yarmarkasi hamda turli mahsulotlar va suvenirlar taqdim etiladigan mavzuli market kutmoqda. Kirish bepul.

Toshkentda Boshqa Musiqa Fest bo‘lib o‘tadi.

27-sentabr kuni Sahna Stand-up Club sahnasida ilk bor Toshkentda shugeyz, postpank va alternativ rok yo‘nalishlarini birlashtirgan moskvalik «Автоспорт» guruhi chiqish qiladi.Layn-updan shuningdek elbowsway va Cruel Tie ham o‘rin olgan. Mehmonlarni olti soatlik jonli musiqa kutmoqda. Chiptalar narxi: 180 000 so‘mdan.