Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

King Macarella Toshkentda yubiley konsertini taqdim etadi!

3-oktabr kuni Humo Arena sahnasida artist o‘zining beshinchi yakkaxon shousi — «5»ni taqdim etadi.Mehmonlarni mashhur kompozitsiyalar, taniqli treklarning yangilangan versiyalari va taklif etilgan yulduzlarning chiqishlari kutmoqda. Konsert uchun King Macarella’ning yakkaxon shoulari tarixidagi eng katta ekran o‘rnatiladi, arenaga esa qariyb sakkiz ming tomoshabin yig‘iladi. Chiptalar narxi: 75 000 dan 150 000 so‘mgacha.

Afsonaviy «Машина времени» Toshkentda konsert beradi!

12-dekabr kuni «Yunusobod» sport majmuasida bir necha avlod sevib tinglagan eng mashhur rok-guruhlardan birining katta konserti bo‘lib o‘tadi.«Поворот», «Костёр», «Марионетки» kabi qo‘shiqlar allaqachon rus tilidagi rok musiqasining klassikasiga aylangan. Chiptalar narxi: 500 000 so‘mdan 2 000 000 so‘mgacha.

A’Studio Toshkentda konsert beradi!

24-oktyabr kuni “Yunusobod” sport majmuasida mashhur pop-rok guruhining katta yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi.A’Studio o‘ziga xos musiqiy uslubi hamda “Улетаю”, “Так же как все”, “Ангел” va “Тик-так” singari xitlari bilan ko‘p yillardan buyon eng taniqli guruhlardan biri bo‘lib kelmoqda. Chiptalar narxi: 450 000 soʻmdan 2 000 000 soʻmgacha.

Arsen Shahunts Toshkentda konsert beradi!

2-oktabr kuni «Yujanin» restoranida ijrochining «Golubka», «Devochka, stop» va «Lyubov — obman» kabi mashhur rus va arman tilidagi xitlari yangraydi.Mehmonlarni shinam muhitdagi jonli konsert kutmoqda. Chiptalar narxi: 1 000 000 so‘mdan 1 750 000 so‘mgacha.

Lyubov Uspenskaya Toshkentda konsert beradi!

15-dekabr kuni Humo Arena sahnasida rus shansonining eng mashhur ijrochilaridan birining katta konserti bo‘lib o‘tadi.Ko‘p yillik ijodiy faoliyati davomida Lyubov Uspenskaya o‘nlab xitlarni taqdim etib, o‘ziga xos ovozi, ta’sirchan qo‘shiqlari va hissiyotlarga boy chiqishlari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Chiptalar narxi: 290 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Cheb Mami ilk bor Toshkentda chiqish qiladi!

16-oktabr kuni Humo Arena sahnasida arab musiqasi afsonasi va rai qiroli Cheb Mami chiqish qiladi.Cheb Mami’ga jahon miqyosidagi shuhrat Sting bilan birgalikda yozilgan «Desert Rose» qo‘shig‘ini olib keldi. Tomoshabinlarni mashhur xitlar, jonli ijro hamda sharqona ohanglarning zamonaviy ritmlar bilan yorqin uyg‘unligi kutmoqda. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 2 000 000 so‘mgacha.

Vanya Dmitriyenko ilk bor Toshkentda yakkaxon konsert beradi!

12-noyabr kuni san’atkor Humo Arena sahnasida chiqish qiladi. Vanya Dmitriyenko — yangi avlodning eng yorqin ijrochilaridan biri bo’lib, uning qo’shiqlari millionlab tinglovchilar tomonidan sevib tinglanadi.Konsert dasturida «Венера – Юпитер», «Лего», «Сила притяжения» va boshqa mashhur xitlar yangraydi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha.

Ani Lorak Toshkentda chiqish qiladi.

19-dekabr kuni Xalqlar Do‘stligi saroyida xonanda sevimli qo‘shiqlari, yorqin sahna dasturi va o‘ziga xos atmosfera uyg‘unlashgan katta konsert shousini taqdim etadi.Tomoshabinlarni zamonaviy estrada sahnasining eng taniqli ovozlaridan biri bilan unutilmas uchrashuv kutmoqda. Chiptalar narxi: 400 000 so‘mdan 2 500 000 so‘mgacha.

MAZZAFEST sahnasida “Тёмный Принц” chiqish qiladi.

Принц” chiqish qiladi.Yangi to‘lqin vakili, o‘zining qorong‘u ohangi, atmosferali musiqasi va o‘ziga xos ijro uslubi bilan tanilgan ijodkor “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi katta festival sahnasida chiqish qiladi.Bu yilgi MAZZAFEST musiqa, keng ko‘lamli chiqishlar va yorqin festival muhitini birlashtiradi. Chiptalar narxi: 329 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha.

Ozarbayjonda Calvin Harris chiqish qiladi!

24-sentabr kuni Baku Crystal Hallda jahonning mashhur DJ va prodyuseri Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 ochilish marosimining bosh musiqiy mehmoni bo‘ladi. Konsert Ozarbayjon Gran-prisining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida o‘tkaziladi.Calvin Harris — «Grammy» mukofoti sovrindori va jahon elektron musiqa sahnasining eng mashhur ijodkorlaridan biri. Chiptalar narxi: 3 300 000 so‘mgacha.