Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Sevimli Yangi yil kuy-qo‘shiqlari jonli orkestr ijrosida!

12-dekabr kuni Tynda Music kamer orkestri «Panorama» kinoteatrida bayramona konsert dasturini taqdim etadi. Dasturdan bolalikdan tanish bo‘lgan Jingle Bells, Let It Snow, White Christmas va Yangi yil yaqinlashayotganini his ettiruvchi boshqa mashhur kuylar o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.

Yuliya Volkova Toshkentda chiqish qiladi!

5-dekabr kuni CAEx sahnasida rus va jahon pop musiqasi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xonanda Yuliya Volkova chiqish qiladi. t.A.T.u. guruhi tarkibida u xalqaro musiqa chartlarini zabt etgan va «Нас не догонят» hamda «All the Things She Said» kabi mashhur qo‘shiqlari bilan tanilgan. Bu qo‘shiqlarni bugungi kungacha turli avlod tinglovchilari sevib tinglaydi.Xonandani TEHNIKUM BLOGGERS AWARDS … Read more

Sevimli filmlardagi tanish kuylar!

14-fevral kuni Tynda Music O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida «Love is… Sevgi haqidagi afsonaviy saundtreklar» nomli konsert dasturini taqdim etadi. Dasturdan «Titanik», «La-La Lend», «Sumerki» va boshqa filmlardagi musiqalar o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.

Butun zalni ulug‘vor organ sadolari bilan to‘ldiradigan musiqa oqshomi!

27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida «O‘zbekiston solistlari» kamer orkestri ijrosida «Organ musiqasi oqshomi» bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Bax, Albinoni, Reynberger va boshqa bastakorlarning asarlari o‘rin olgan. Yakkaxon partiyalarni xalqaro tanlovlar laureati Adelina Fatxutdinova ijro etadi. Chiptalar narxi: 88 000 so‘mdan 350 000 so‘mgacha.

Garri Potter olamidagi musiqa orkestr ijrosida yangraydi!

18-dekabr kuni Tynda Music kamer orkestri Toshkentda yosh sehrgar haqidagi afsonaviy kino olamiga bag‘ishlangan konsert dasturini taqdim etadi. Tomoshabinlarni sakkizta filmning barchasidan mashhur kuylar, jumladan, «Hedwig’s Theme» va «Leaving Hogwarts» asarlari kutmoqda. Orkestrning jonli ijrosi sehr, sarguzashtlar va sevimli hikoyalar muhitiga qayta sho‘ng‘ish imkonini beradi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.

Klassik musiqaning sevimli durdonalari Toshkent sahnasida jonlanadi!

14-dekabr kuni «Panorama» Milliy kino san’ati saroyida ilk bor Toshkentda Vienna Strauss Philharmonie Orchestra konsert beradi. Dirijyor Andrash Deak rahbarligida 27 nafar musiqachi Motsart, Brams, Offenbax, Rossini, Imre Kalman va mashhur Shtrauslar sulolasi asarlaridan iborat dasturni taqdim etadi. Mehmonlarni mahoratli ijro, nafis kuylar va Vena musiqiy an’analari muhiti kutmoqda. Chiptalar narxi: 200 000 so‘mdan 1 … Read more

Zivert Toshkentda konsert beradi!

15-noyabr kuni Humo Arena’da «Осенняя история» festivali bo‘lib o‘tadi. Bir sahnada Zivert, Rayhon hamda Bravo Orchestra jo‘rligida opera xonandasi Milena Madmusayeva chiqish qiladi. Konsert oldidan fudkort, fotozonalar va ko‘ngilochar dasturlarga ega welcome-zona ochiladi. Chiptalar narxi: 250 000 so‘mgacha.

Burak Ozchivit Toshkentda

19-noyabr kuni Humo Arena’da turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit Bravo Orchestra bilan bir sahnada chiqish qiladi. «Qora sevda», «Choliqushi» va «Usmon asoschisi» seriallari yulduzi musiqiy-teatrlashtirilgan shouda ishtirok etadi. Orkestr esa ushbu va boshqa seriallardan mashhur saundtreklarni ijro etadi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

WORKERS Premier League

Toshkentda yetti nafar rep ijrochisi bir sahnada jamlanadi! 28-noyabr kuni Sahna Stand Up Club’da WORKERS Premier League konserti bo‘lib o‘tadi. Unda QARZ, AAABAGNALE, BOFA, TILLA G, TANIYN, JOVOH va DALEON kabi yetti nafar rep ijrochisi qatnashadi. Artistlar WORKERS nomli qo‘shma albomni jonli ijro etish bilan birga, yakkaxon treklarini ham taqdim etishadi. Konsert oldidan mehmonlarni merch … Read more

MACAN katta konsert bilan Toshkentga qaytmoqda!

2027-yil 13-mart kuni xonanda Humo Arena sahnasida chiqish qiladi. Konsert uchun yangi set, yangilangan sahna va keng ko‘lamli shou tayyorlanmoqda. Dasturdan MACAN’ning «Май», «Asphalt 8», «Кино», «Юг» va boshqa mashhur treklari joy olgan. Chiptalar narxi 500 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.