Valeriy Meladzening konserti
Konsert «Xalqlar do‘stligi» saroyida bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlarni rus tilidagi estrada sahnasining eng mashhur ijrochilaridan biri bilan unutilmas uchrashuv kutmoqda. Dasturdan millionlab tinglovchilar ko‘p yillardan buyon sevib tinglaydigan san’atkorning eng mashhur qo‘shiqlari o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 250 000 so‘mdan 2 800 000 so‘mgacha.