Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Kuzning eng yirik avtomobil tadbiri Toshkentda bo‘lib o‘tadi!

21–23-oktyabr kunlari CAEx majmuasida MOTORFEST 2026 PART II festivali o‘tkaziladi. Mehmonlarni tyuning loyihalari va shou-karlar, drift-taksi, GT3 virtual poygalari, maxsus trassa, konsertlar hamda Food Fest kutmoqda. Festival Automechanika Tashkent ko‘rgazmasi bilan birgalikda tashkil etiladi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 700 000 so‘mgacha.

Toshkentda ilk bor katta yakkakurashlar oqshomi bo‘lib o‘tadi!

17-oktabr kuni Humo Arena’da IBA NOMAD 16 turniri bo‘lib o‘tadi. Oqshomning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasida chempionlik unvoni uchun Shahobiddin Egamov va Yernar Xusainov o‘rtasidagi revansh jangi bo‘ladi. Tomoshabinlarni boshqa chempionlik janglari hamda Muratbek Kasimbayning ringga qaytishi ham kutmoqda. Chiptalar narxi: 120 000 so‘mdan 930 000 so‘mgacha.

Basta Toshkentda katta konsert beradi!

2027-yil 17-aprel kuni artist Humo Arena sahnasida chiqish qiladi. Dasturdan «Сансара», «Моя игра», «Медлячок» va boshqa mashhur treklar o‘rin olgan bo‘lib, tomoshabinlar ularni shaharning eng yirik maydonlaridan birida jonli ijroda tinglashlari mumkin. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mdan 1 700 000 so‘mgacha.

Namanganda katta MMA oqshomi bo‘lib o‘tadi!

3-oktabr kuni «Navbahor» stadioni ilk bor OCTAGON 92: City of Roses turniriga mezbonlik qiladi. Oqshomning asosiy voqeasi yarim og‘ir vazn toifasida Nurilloxon Abdullayev va Kerim Daidov o‘rtasidagi chempionlik jangi bo‘ladi. Shuningdek, tomoshabinlarni O‘zbekiston va Qozog‘iston jangchilari ishtirokidagi qiziqarli janglar kutmoqda. Chiptalar narxi: 30 000 so‘mdan 400 000 so‘mgacha.

Afsonaviy «Sekret» guruhi Toshkentda konsert beradi!

11-dekabr kuni «Panorama» Kino san’ati saroyida Maksim Leonidov va Nikolay Fomenko «Sekret FM» dasturini taqdim etadi.Konsertda «Privet», «Alisa», «Bugi-vugi kajdiy den», «Moya lyubov na pyatom etaje» kabi mashhur xitlar va jamoaning yangi qo‘shiqlari jonli ijroda yangraydi. Chiptalar narxi: 450 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Scally Milano Toshkentda konsert beradi!

22-oktyabr kuni SAHNA klubida san’atkorning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. Unda pleylistlar va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan «Дай мне шанс», «Русская кукла» va «Днями и ночами» kabi treklar jonli ijroda yangraydi. Mehmonlarni jonli ovoz va jo‘shqin klub shousi kutmoqda. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Jahon xitlari jazz uslubida yangraydi!

13-oktabr kuni «Na krishe» kinoteatrida SOUNDTRAVEL guruhining Jazz na krishe musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi. Ochiq osmon ostida «What a Wonderful World», «Sway», «Careless Whisper», «Shape of My Heart» va boshqa mashhur qo‘shiqlarning jazz hamda lounge talqinlari yangraydi. Chiptalar narxi: 329 000 so‘mdan 479 000 so‘mgacha.

Toshkentda endi bo‘sh idishlarni topshirib, pul olish mumkin!

Chilonzor tumanida plastik, shisha va alyuminiy idishlarni qabul qiluvchi ilk sinov fandomati o‘rnatildi. Har bir topshirilgan butilka yoki banka uchun 150 so‘m beriladi — pulni Click elektron hamyoniga olish yoki xayriya va daraxt ekishga yo‘naltirish mumkin. Agar sinov loyihasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, bunday avtomatlar boshqa joylarda ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Xudo asrasin 2

Sobiq jinoyatchilar Jumabek va Ramazon jinoiy o‘tmishni ortda qoldirib, qishloqda osoyishta hayot kechirmoqda. Ammo kunlarning birida militsiya ulardan din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan firibgarlar guruhini fosh etishga yordam berishni so‘raydi. Qahramonlar diniy xizmatchilar qiyofasida to‘daga qo‘shilib, jinoyatchilarning asl qiyofasini ochib berishlari kerak. Mamlakat: Qirg‘iziston Davomiyligi: 1 soat 30 daqiqa Premyera: 17-sentabr 2026-yil (O‘zbekiston) 27-avgust 2026-yil … Read more