Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Amerikadan kelgan minglab bolalar rasmlari Toshkentda saqlanib qolgan!

Bobur ko‘chasidagi Do‘stlik bog‘ida noodatiy tarix yashiringan. 1988-yilda amerikalik ko‘ngillilar Toshkent aholisi bilan birgalikda ikki qardosh shahar do‘stligi sharafiga Sietl bog‘ini barpo etishgan. Amerikalik maktab o‘quvchilari esa qariyb o‘n mingta sopol plitkaga rasmlar chizib, ularni Sietldan Toshkentga yuborishgan. Bu plitkalar daraxtlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan ariqlarni bezagan. Shu tariqa, Sovuq urush avjiga chiqqan davrda bolalarning rasmlari … Read more

Toshkentda endi bo‘sh idishlarni topshirib, pul olish mumkin!

Chilonzor tumanida plastik, shisha va alyuminiy idishlarni qabul qiluvchi ilk sinov fandomati o‘rnatildi. Har bir topshirilgan butilka yoki banka uchun 150 so‘m beriladi — pulni Click elektron hamyoniga olish yoki xayriya va daraxt ekishga yo‘naltirish mumkin. Agar sinov loyihasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, bunday avtomatlar boshqa joylarda ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Yangi shinam maskan FAM Cafe

Kunni chiroyli boshlashni yoqtiradiganlar uchun yangi joy 26-sentabr kuni Istiqbol ko‘chasi, 39-uydagi Family Garden’da FAM Cafe — yangi va shinam kafe ochiladi. Bu yerda yangi pishirilgan non va mazali qahva hidi sizni kutib oladi. Non xamirdan tortib, pishirishgacha o‘zlari tayyorlanadi. Menyuda yevropa nonushtalari, sendvichlar va turli xil pishiriqlar bor. Kruassan uchun kirib o‘tish, nonushta qilish … Read more

Sevimli multfilm qahramonlari Toshkentda jonlandi!

Magic Safari hududida mashhur qahramonlar haykallari va mavzuli dekoratsiyalarga ega yangi multistudiya ochildi. Bu yerda Elzaning muz saroyiga tushish, Olaf va «Boshqotirma» multfilmi qahramonlarini uchratish, shuningdek, yorqin suratlar va videolar olish mumkin. Multistudiyaga kirish narxi — 50 000 so‘m.

Teskari uy

Uyga kirsangiz-u, birdan… shiftga tushib qolsangiz-chi? Samarqandda noodatiy maskan — teskari uy paydo bo‘ldi. Bu yerda hamma narsa tom ma’noda ostin-ustun: mebellar, xonalar va odatiy makon xuddi tortishish kuchi ta’tilga chiqqandek ko‘rinadi. Maskan maydoni — qariyb 4 sotix. Bu yerda nafaqat noodatiy interyerni tomosha qilish, balki do‘stlaringizni: «Bu rostdan ham fotoshop emasmi?» deb qayta so‘rashga … Read more

O‘qituvchilar kuni uchun sovg‘a g‘oyalari

1-oktabr yaqinlashmoqda, shu munosabat bilan o‘qituvchilar uchun original va yoqimli sovg‘alar to‘plamini taklif qilamiz. Shokobuket — bir necha kunda so‘lib qolmaydigan sovg‘a: odatiy guldasta o‘rniga chiroyli bezatilgan sevimli shirinliklar.Narxi: 300 000 so‘mdan Spa uchun sertifikat — biroz to‘xtab, dam olish va o‘zingizga vaqt ajratish uchun kichik imkoniyat.Narxi: 200 000 so‘mdan Gultuvakdagi o‘simlik — bayramdan keyin … Read more

Rus rassomining tarixiy binosi buzilishga mahkummi?

Alisher Qodirov Toshkent markazidagi Bobur ko‘chasi, 7-uyda joylashgan tarixiy binoning saqlab qolinayotganini tanqid qildi. U qaysi obyektlar davlat muhofazasi va moliyalashtirishiga haqiqatdan ham loyiq ekanligi masalasini ko‘tardi. Bunga javoban Madaniy meros agentligi binoning qadri u bilan bog‘liq insonlarning millatiga emas, balki uning tarixiga qarab belgilanadi, deb ma’lum qildi. Endi bahs faqat bitta bino haqida emas, … Read more

Yangi sayr hududi

Salar kanali bo‘ylab sayr hududi Central Park’gacha uzaytiriladi Mirzo Ulug‘bek tumanida hokimlik binosi yonidagi mavjud sayr hududini davom ettirish rejalashtirilgan. Taxminan 1,5 kilometr uzunlikdagi yangi qism Salar kanali bo‘ylab «Mirzakalon Ismoiliy» va «Asaka» mahallalari orqali Central Park’gacha davom etadi. Bu yerda piyodalar va velosiped yo‘laklari, o‘rindiqlar, ayvonchalar, bolalar hamda vorkaut maydonchalari tashkil etiladi. Mavjud daraxtlar … Read more

To‘tiqushlar Toshkentda poygaga chiqdi

To‘tiqushlar Toshkentda poygaga chiqdi Magic Safari’da to‘tiqushlar ishtirokidagi noodatiy shou yo‘lga qo‘yildi — qushlar kichik velosipedlarda uchishadi, basketbol o‘ynashadi va turli tryuklarni namoyish etishadi. Tashkilotchilar ushbu shouni Markaziy Osiyodagi ilk shunday tomosha deb atashmoqda. Hozirda shou har kuni 16:00 va 18:00 da bo‘lib o‘tmoqda.

Kelajakka maktub: Toshkentda UzPost Fest bo‘lib o‘tadi

9–11-oktabr kunlari Bosh pochtamtda xatlar, otkritkalar, pochta markalari va qog‘oz san’atiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi. Mehmonlarni mahorat darslari, bolalar rasmlari tanlovi hamda dunyoning istalgan nuqtasiga otkritka yuborish imkoniyati kutmoqda. Festivalning asosiy o‘ziga xosligi — vaqt kapsulasi: unga qoldirilgan xatlar o‘z egalariga 10 yildan so‘ng yetkaziladi.