Toshkentda ilk bor katta yakkakurashlar oqshomi bo‘lib o‘tadi!
17-oktabr kuni Humo Arena’da IBA NOMAD 16 turniri bo‘lib o‘tadi. Oqshomning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasida chempionlik unvoni uchun Shahobiddin Egamov va Yernar Xusainov o‘rtasidagi revansh jangi bo‘ladi. Tomoshabinlarni boshqa chempionlik janglari hamda Muratbek Kasimbayning ringga qaytishi ham kutmoqda. Chiptalar narxi: 120 000 so‘mdan 930 000 so‘mgacha.