Yangiliklar
Yangi sayr hududi
Tadbir haqida
Salar kanali bo‘ylab sayr hududi Central Park’gacha uzaytiriladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida hokimlik binosi yonidagi mavjud sayr hududini davom ettirish rejalashtirilgan. Taxminan 1,5 kilometr uzunlikdagi yangi qism Salar kanali bo‘ylab «Mirzakalon Ismoiliy» va «Asaka» mahallalari orqali Central Park’gacha davom etadi.

Bu yerda piyodalar va velosiped yo‘laklari, o‘rindiqlar, ayvonchalar, bolalar hamda vorkaut maydonchalari tashkil etiladi. Mavjud daraxtlar va yashil hududlar saqlanib, obodonlashtiriladi.
