Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Bosh sahifa › Yangiliklar › Teskari uy
Yangiliklar

Teskari uy

Tadbir haqida

Uyga kirsangiz-u, birdan… shiftga tushib qolsangiz-chi?


Samarqandda noodatiy maskan — teskari uy paydo bo‘ldi. Bu yerda hamma narsa tom ma’noda ostin-ustun: mebellar, xonalar va odatiy makon xuddi tortishish kuchi ta’tilga chiqqandek ko‘rinadi.


Maskan maydoni — qariyb 4 sotix. Bu yerda nafaqat noodatiy interyerni tomosha qilish, balki do‘stlaringizni: «Bu rostdan ham fotoshop emasmi?» deb qayta so‘rashga majbur qiladigan suratlar olish mumkin.

Kirish — 25 000 so‘m. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — bepul.