Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

TOXI$ konserti 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi

Ijrochining chiqish sanasi yangi muddatga ko‘chirildi. Bu kuzda muxlislar TOXI$ning sevimli xitlarini jonli ijroda tinglash va katta konsertning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oldinda sizni yana o‘sha sevimli musiqa, yorqin his-tuyg‘ular va jonli ijroga boy unutilmas oqshom kutmoqda. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Akmal’ HUMO ARENAda konsert beradi!

Rossiya pop sahnasining eng yorqin yosh ijrochilaridan biri Toshkentda chiqish qiladi. Uning qo‘shiqlari muntazam ravishda millionlab tinglanadi, samimiy vokali va hissiyotlarga boy ijrosi esa uni keng auditoriyaning sevimli san’atkoriga aylantirgan.Konsert dasturidan quyidagi mashhur xitlar o‘rin olgan:«Iz-za tebya»«Po polyushku»«Vdol dorog» Chiptalar narxi: 300 000 so‘mdan 1 200 000 so‘mgacha.

9 Gramm Toshkentda konsert beradi!

Ijrochi «Zarafshon» konsert zali sahnasida chiqish qiladi. Uning qo‘shiqlari ko‘p yillardan buyon rus repi muxlislari orasida mashhurligini saqlab kelmoqda. Ular orasida: «Rapapam»«Planovaya»«Laskoviy zver»«Zadevaya palsami» Chiptalar narxi: 200 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha.

NAVAI Toshkentda konsert beradi!

Konsert HUMO ARENAda bo‘lib o‘tadi. Toshkentda sevgi, his-tuyg‘ular va hayotiy kechinmalar haqidagi lirik qo‘shiqlari bilan mashhur NAVAI konsert beradi.Konsert dasturidan muxlislar sevib tinglaydigan quyidagi xitlar o‘rin olgan:«Yesenin»«Gde ty teper i s kem»«Gde-to v glubine serdtsa» Chiptalar narxi: 380 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.

Ivan Usovich «So‘nggi konsert» dasturi bilan chiqish qiladi

Tadbir Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi sahnasida bo‘lib o‘tadi. Rus tilidagi eng mashhur stendap komiklaridan biri Ivan Usovich Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi sahnasida chiqish qiladi. Usovich o‘zining kuzatuvlarga boy hazili, o‘ziga xos o‘zini kulgi qilish uslubi va kundalik hayot haqidagi hazillari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Chiptalar narxi: 250 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

Leonid Agutinning yakkaxon konserti

Konsert «Xalqlar do‘stligi» saroyida bo‘lib o‘tadi. Rus tilidagi estrada sahnasining eng mashhur san’atkorlaridan biri Toshkentda konsert beradi. Tomoshabinlarni sevimli xitlar, jonli musiqa va bir necha avlod tinglovchilari tomonidan ko‘p yillardan beri sevib tinglanib kelayotgan qo‘shiqlar kutmoqda. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mdan 3 500 000 so‘mgacha.

Valeriy Meladzening konserti

Konsert «Xalqlar do‘stligi» saroyida bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlarni rus tilidagi estrada sahnasining eng mashhur ijrochilaridan biri bilan unutilmas uchrashuv kutmoqda. Dasturdan millionlab tinglovchilar ko‘p yillardan buyon sevib tinglaydigan san’atkorning eng mashhur qo‘shiqlari o‘rin olgan. Chiptalar narxi: 250 000 so‘mdan 2 800 000 so‘mgacha.

Sergey Lazarev poytaxtda konsert beradi!

Konsert «Xalqlar do‘stligi» saroyida bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlarni Rossiya estradasining eng mashhur ijrochilaridan biri — Sergey Lazarevning keng ko‘lamli konsert dasturi kutmoqda. Bu oqshomda uning eng mashhur xitlari hamda yangi qo‘shiqlari yangraydi. Shou ta’sirchan xoreografiya, yorqin sahna ko‘rinishlari va tomoshabop maxsus effektlar bilan yanada boyitiladi. Chiptalar narxi: 300 000 so‘mdan 2 000 000 so‘mgacha.

FRIENDLY THUG 52 NGG «Yunusobod» sport majmuasida konsert beradi!

Ijrochi yana Toshkentga qaytmoqda! Rus repining yangi to‘lqinidagi eng yorqin vakillardan biri yana poytaxt tomoshabinlari qarshisida chiqish qiladi. Ijrochi o‘ziga xos uslubi, o‘ziga xos atmosfera yaratadigan musiqasi va millionlab tinglovchilar sevib eshitadigan treklari bilan mashhur. Chiptalar narxi: 320 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha.

Comic Con Tashkent yana qaytmoqda!

Comic Con festivali Humo Arenada bo‘lib o‘tadi. Toshkent yana pop-madaniyat markaziga aylanadi — shaharda Comic Con festivali bo‘lib o‘tadi. Mehmonlarni kosply, videoo‘yinlar, komikslar, anime, kino, tanlovlar va zamonaviy madaniyat muxlislari uchun haqiqiy bayram muhitiga boy ikki kun kutmoqda. Bundan tashqari, festivalga bir vaqtning o‘zida uch nafar maxsus mehmon tashrif buyuradi. Chiptalar narxi: 225 000 so‘mdan … Read more