Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Valeriy Syutkin ilk bor Toshkentda konsert beradi!

Afsonaviy rossiyalik xonanda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist va «Bravo» guruhining sobiq yakkaxoni Valeriy Syutkin 16-oktabr kuni Toshkent tomoshabinlari uchun katta konsert dasturini taqdim etadi. Sahnada turli yillarning eng sevimli xitlari, jumladan «7000 nad zemley», «Lyubite, devushki», «Ya to, chto nado» hamda milliy estrada klassikasiga aylangan boshqa qo‘shiqlar yangraydi. Chiptalar narxi: 500 000 so‘mdan 2 000 … Read more

Pink Floyd’ning afsonaviy musiqasi Toshkentda yangraydi!

Konsert Panoramada bo‘lib o‘tadi. Sahnaga Pink Floyd guruhining sobiq bek-vokalisti Durga McBroom hamda Roger Watersning afsonaviy The Wall turnesi ishtirokchisi Mark Lennon chiqadi. Ular xalqaro Pink Floyd Legacy loyihasi bilan birgalikda kult guruhning 60 yilligiga bag‘ishlangan The Door to the East dasturini taqdim etadilar. Tomoshabinlarni Pink Floydning eng mashhur xitlari, kuchli jonli ijro va ta’sirchan … Read more

Sergey Orlov Toshkentda!

Sergey Orlov Toshkentga «Zvezda» nomli yangi dasturini olib keladi! «Turkiston» san’at saroyi sahnasida Rossiyaning eng mashhur stendap komiklaridan biri chiqish qiladi. Sergey Orlov o‘zining sodda, hayotiy hazillari bilan mashhur bo‘lib, unda deyarli har bir tomoshabin o‘zini ko‘ra oladi.Tomoshabinlarni «Zvezda» nomli yangi dastur, yangi hikoyalar, kuzatuvlar va komikning o‘ziga xos hazillari kutmoqda. Chiptalar narxi: 400 000 … Read more

Sasha Maliy stendap konserti

Komik Toshkentda yangi dasturi bilan chiqish qiladi. Mehmonlarni o‘tkir kuzatuvlar, kutilmagan hazillar va aynan Sasha Maliyni minglab tomoshabinlarga sevdirgan o‘ziga xos yumor uslubiga boy oqshom kutmoqda. Chiptalar narxi: 120 000 so‘mdan 450 000 so‘mgacha.

HUMO ARENA sahnasida MOT konsert beradi!

Ijrochi tomoshabinlarga «Avgust navsegda» nomli shousini taqdim etadi. Tomoshabinlarni «Avgust eto ty», «Kapkan», «Murashkami», «Den i noch», «Mama, ya v Dubaye» va millionlab tinglovchilar uchun allaqachon sevimli qo‘shiqlarga aylangan boshqa xitlar kutmoqda. Chiptalar narxi: 350 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.

Ludoviko Eynaudi asarlari

Tynda Music kamer ansambli ijrosida Tynda Music kamer ansambli mashhur kompozitsiyalarni, jumladan «1+1» filmidagi musiqalarni jonli ijro etadi. Jonli neoklassik musiqa oqshomi ilhom, go‘zallik va har bir tinglovchiga tanish bo‘lgan his-tuyg‘ular muhitini tuhfa etadi. Chiptalar narxi: 190 000 so‘mdan 780 000 so‘mgacha.

Anna Egoyan she’riy konsert dasturi bilan Toshkentda chiqish qiladi!

She’riy oqshom O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlarni zamonaviy she’riyatning eng mashhur shoiralaridan biri — Anna Egoyan ijrosidagi unutilmas she’riyat oqshomi kutmoqda. Simfonik orkestr jo‘rligida uning sevgi, o‘zini izlash, umid va har bir insonga tanish bo‘lgan his-tuyg‘ular haqidagi eng ta’sirli she’rlari yangraydi. Chiptalar narxi: 400 000 so‘mdan 1 250 000 so‘mgacha.

Maks Rixter ilk bor Toshkentda konsert beradi!

Zamonaviy musiqaning eng nufuzli bastakorlaridan biri — Maks Rixter U Dior moda namoyishlari uchun musiqa yaratgan, Martin Skorseze va Deni Vilnyov filmlari ustida ishlagan. Uning asarlari butun dunyo bo‘ylab milliardlab marotaba tinglangan. Toshkentdagi konsertda bastakor In A Landscape albomi dasturini taqdim etadi. Chiptalar narxi: 500 000 so‘mdan 2 000 000 so‘mgacha.

Bogdan Lisevskiy stendap konserti bilan Toshkentda chiqish qiladi!

Chiqish «Zarafshon» konsert zalida bo‘lib o‘tadi. So‘nggi yillarda u rus tilidagi YouTube’ning eng mashhur komiklaridan biriga aylandi. O‘zining noodatiy hazil uslubi va oddiy narsalarga o‘zgacha nigoh bilan qarashi tufayli millionlab tomoshabinlar mehrini qozongan. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 800 000 so‘mgacha.