Maks Rixter ilk bor Toshkentda konsert beradi!
Tadbir haqida
Zamonaviy musiqaning eng nufuzli bastakorlaridan biri — Maks Rixter
U Dior moda namoyishlari uchun musiqa yaratgan, Martin Skorseze va Deni Vilnyov filmlari ustida ishlagan. Uning asarlari butun dunyo bo‘ylab milliardlab marotaba tinglangan. Toshkentdagi konsertda bastakor In A Landscape albomi dasturini taqdim etadi.
Chiptalar narxi: 500 000 so‘mdan 2 000 000 so‘mgacha.
Jonli ijro
Asarlar professional musiqachilar jo‘rligida jonli ijro etiladi.
Mashhur kompozitsiyalar
Dasturdan butun dunyo tinglovchilarining qalbini zabt etgan bastakorning eng mashhur asarlari o‘rin olgan.
Betakror musiqiy muhit
Mukammal ovoz, ta’sirchan yorug‘lik bezaklari va musiqaga to‘liq sho‘ng‘ish imkoniyati.
Unutilmas taassurotlar
Konsert chuqur his-tuyg‘ularni tuhfa etadi va zamonaviy musiqa ixlosmandlari uchun alohida voqeaga aylanadi.