Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

KONSTA SAMARQANDDA YAKKAXON KONSERT BERADI!

18-avgust kuni «Mo‘jiza» amfiteatri Konsta muxlislarini bir joyga jamlaydi. O‘zbek sahnasining eng yorqin ijodkorlaridan biri eng mashhur qo‘shiqlari bilan katta yakkaxon dasturini taqdim etadi. Konsert o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlarni jonli ijro, unutilmas atmosfera va sevimli xitlar kutmoqda. Chipta narxi: 150 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha.

Tashkentland yana mehmonlarni qabul qilmoqda

Hozircha park to‘liq rejimda ishlamayapti, ammo mashhur «Afrika Safari», Qo‘rquv xonasi va bir nechta bolalar attraksionlari allaqachon ochilgan. Hududga kirish bepul, attraksionlar uchun chipta narxi esa 20 ming so‘m.Ko‘pchilik bu yerga nafaqat hordiq chiqarish, balki bolalik xotiralarini yana bir bor his qilish uchun ham kelmoqda.

«Градусы» guruhi.

MAZZA FEST festivalining birinchi xedlayneri e’lon qilindi! 🎉13-sentyabr kuni festivalning bosh sahnasida «Градусы» guruhi chiqish qiladi. «режиссер», «голая» va «кто ты?» kabi mashhur xitlar mualliflari mamlakatdagi eng yirik gastro-musiqiy festivallardan biri doirasida konsert beradi.MAZZA FEST 11, 12 va 13-sentyabr kunlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, tashkilotchilar hali yana ikki nafar xedlayner nomini … Read more

9 Gramm konsert bekor qilindi

9 Gramm Toshkentdagi konserti bekor qilinganini ma’lum qildi.San’atkor o‘z sahifasida e’lon qilgan xabarda 29-avgustga rejalashtirilgan konsert o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bo‘lib o‘tmasligini aytdi. Shu bilan birga, ijrochi muxlislariga albatta boshqa tashkilotchilar bilan Toshkentga qaytishini va yana uchrashishini va’da qildi.

Mustafa Ceceli Toshkentda konsert beradi!

4-oktyabr kuni Xalqlar do‘stligi saroyida Turkiyaning eng mashhur xonandalaridan biri Mustafa Cecelining yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi. «Sultanım», «Es», «Aşkım Benim» va boshqa ko‘plab xitlar muallifi o‘zining betakror ovozi hamda romantik qo‘shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Chiptalar narxi: 100 000 soʻmdan 1 200 000 soʻmgacha.

Toshkentda ulkan yagona yashil hudud paydo bo‘lishi mumkin!

Rejalarga ko‘ra, Ecopark va ko‘pchilik sobiq Telman bog‘i sifatida biladigan Central Park yagona hududga birlashtirilishi mumkin. Hozir bu ikki bog‘ orasidan o‘tadigan avtomobil yo‘lini esa yer ostiga ko‘chirish taklif etilmoqda. Bu esa sayr qilish va dam olish uchun ulkan yagona makon yaratishga imkon beradi.

Uch kun davomida yorqin ta’mlar va oshpazlar bellashuvi!

28–30-iyul kunlari Tashkent City Mallda “Oshpazlar jangi” gastronomik chempionati bo‘lib o‘tadi.Mehmonlarni qiziqarli musobaqalar, mahorat darslari, degustatsiyalar hamda restoran sohasi vakillari bilan uchrashuvlar kutmoqda.Ishtirokchilar orasida NIKA, SALAMA, MATCHA CLUB va poytaxtning boshqa mashhur gastronomik loyihalari ham bor.Agar mazali taomlar va oshpazlik shoularini yoqtirsangiz, bu tadbirni o‘tkazib yubormang! Kirish bepul.

«Щенки» guruhi Toshkentga qaytmoqda!

10-oktabr kuni Sahna standap klubida Sankt-Peterburglik «Shchenki» pank guruhi konsert beradi. Pank, post-pank va elektron musiqani uygʻunlashtirgan jamoa yana Toshkent tomoshabinlari bilan uchrashadi. Dasturdan guruhning eng mashhur qoʻshiqlari, jumladan «Uxodi, yesli khochesh», «Shramy», «Gryaz» va boshqa treklar oʻrin olgan. Chiptalar narxi: 300 000 soʻmdan 600 000 soʻmgacha.

MakSim O‘zbekistondagi chiqishi so‘roq ostidami?

Xonanda MakSim og‘ir oilaviy yo‘qotishdan so‘ng shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi — uning otasi vafot etdi. Sog‘lig‘i yomonlashgani sababli san’atkor Pavlodardagi konsertini allaqachon bekor qildi.Endi muxlislar uning navbatdagi chiqishlari taqdiri uchun ham xavotirda. Eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni MakSim Xivadagi festivalning bosh xedlayneri sifatida sahnaga chiqishi rejalashtirilgan. Hozircha tashkilotchilar konsertning bekor qilingani yoki boshqa kunga ko‘chirilgani haqida … Read more

MAZZA FEST 2026

11, 12 va 13-sentyabr kunlari «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida mamlakatdagi eng yirik gastro-musiqiy festivallardan biri bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida mehmonlarni o‘nlab fud-kortlar, musiqa, ko‘ngilochar dasturlar, fotohududlar va katta shahar bayrami muhiti kutmoqda. Tashkilotchilar bosh sahnada uch nafar xedlayner chiqish qilishini tasdiqlashdi, biroq ularning ismlari hozircha sir saqlanmoqda. Chiptalar narxi: 79 000 soʻmdan 800 000 soʻmgacha.