GAZAPİZM ilk bor Toshkentda yakkaxon konsert beradi!
Turkiyalik reper GAZAPİZMning ilk yakkaxon konserti HUMO ARENA sahnasida bo‘lib o‘tadi. Ijrochi Turkiyadan tashqarida ham keng shuhrat qozongan. Uning qo‘shiqlari mashhur «Çukur» serialining barcha to‘rt mavsumida yangragan va serialning o‘ziga xos muhitini yaratishda muhim o‘rin tutgan. Aynan shu treklar GAZAPİZMga xalqaro miqyosda mashhurlik olib kelgan. Chiptalar narxi: 500 000 so‘mdan 900 000 so‘mgacha.