Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

«Hayvon yuragi»

Samolyot halokatidan so‘ng sobiq maxsus bo‘linma jangchisi Jeyms Belmont Alyaskaning sovuq va yovvoyi hududida qolib ketadi. U ishonishi mumkin bo‘lgan yagona hamroh — sodiq jangovar iti Odin. Odamlar yashaydigan joyga qaytish uchun ular sovuq, ochlik va yovvoyi tabiat xavflarini yengib o‘tishi, Jeyms esa o‘tmishdagi og‘ir xotiralari bilan kurashishi kerak. Bosh rolni Bred Pitt ijro etgan. … Read more

«Dyunа: Uchinchi qism»

«Dyunа: Uchinchi qism» Pol Atreydes hikoyasini yakunlab, mutlaq hokimiyat uchun qanday badal to‘lashga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Harkonnenlar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Pol imperatorga aylanadi. Biroq uning nomidan boshlangan muqaddas urush butun galaktikani qamrab olib, milliardlab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Tarafdorlari Muad’Dibni payg‘ambar deb bilayotgan bir paytda, dushmanlari uning oilasi va imperiyasini yo‘q qilishga qodir fitna … Read more

Ochlik o‘yinlari: O‘rim tongi

«Ochlik o‘yinlari: O‘rim tongi» tomoshabinlarni yosh Heymitch Abernatining fojiali tarixini ochib berish uchun yana Panemga qaytaradi. Voqealar Katniss Everdin paydo bo‘lishidan 24 yil avval sodir bo‘ladi. O‘n olti yoshga to‘lgan kuni Heymitch 50-Ochlik o‘yinlari — Ikkinchi chorak qirg‘ini ishtirokchisiga aylanadi. Kapitoliy bu safar o‘yinlarda qatnashadigan tributlar sonini ikki baravar oshiradi. Arenaga 48 nafar o‘smir yuboriladi, … Read more

Qasoskorlar: Doktor Dum

«Qasoskorlar: Doktor Dum» — bir nechta kinoolam qahramonlarini o‘zaro to‘qnashtiradigan Marvel’ning yangi keng ko‘lamli krossoveri. Avvalgi filmlardagi voqealardan so‘ng olamlarning odatiy tartibi xavf ostida qoladi. Qasoskorlar, Yangi Qasoskorlar, Vakanda himoyachilari, Fantastik to‘rtlik va X-Odamlar butun multikoinot taqdirini o‘zgartirishga qodir qudratli va xavfli dushman — Viktor fon Dumga qarshi kurashish uchun birlashishlari kerak bo‘ladi. Filmning asosiy … Read more

Veritining maxfiy kundaligi

«Veritining maxfiy kundaligi» — kim haqiqatni gapirayotgani, kim esa atrofdagilarni ustalik bilan boshqarayotganini darhol anglab bo‘lmaydigan qorong‘i psixologik triller. Yozuvchi Louen Eshli moliyaviy inqirozni boshdan kechiradi va sirli baxtsiz hodisadan keyin ishlay olmay qolgan mashhur Veriti Kroufordning romanlar turkumini yakunlashga rozi bo‘ladi. Qoralamalarni o‘rganish uchun Louen yozuvchining oilaviy qarorgohiga ko‘chib boradi va u yerda dahshatli … Read more

Yuguruvchi

«Yuguruvchi» — tomoshabinga deyarli bir zum ham to‘xtab, nafas rostlashga imkon bermaydigan shiddatli jangari triller. Londonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan advokat Maya odatdagidek ertalab yugurishga chiqadi. Shu payt unga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lini o‘g‘irlab ketganini aytadi va barcha ko‘rsatmalariga so‘zsiz amal qilishni talab qiladi. Endi Maya butun London bo‘ylab yugurib o‘tishi, bir qator xavfli topshiriqlarni … Read more