Qasoskorlar: Doktor Dum
Tadbir haqida
«Qasoskorlar: Doktor Dum» — bir nechta kinoolam qahramonlarini o‘zaro to‘qnashtiradigan Marvel’ning yangi keng ko‘lamli krossoveri.
Avvalgi filmlardagi voqealardan so‘ng olamlarning odatiy tartibi xavf ostida qoladi. Qasoskorlar, Yangi Qasoskorlar, Vakanda himoyachilari, Fantastik to‘rtlik va X-Odamlar butun multikoinot taqdirini o‘zgartirishga qodir qudratli va xavfli dushman — Viktor fon Dumga qarshi kurashish uchun birlashishlari kerak bo‘ladi.
Filmning asosiy intrigasi Robert Dauni — kichikning qaytishi bo‘ldi. Biroq bu safar aktyor Temir odam obrazida emas, balki Doktor Dum rolida namoyon bo‘ladi. Kartinada, shuningdek, Kris Evans, Kris Xemsvort, Entoni Maki, Tom Hiddlston, Pedro Paskal, Vanessa Kirbi, Florens Pyu va Pol Radd suratga tushgan. Patrik Styuart, Ien Makkellen, Jeyms Marsden va Rebekka Romeyn esa X-Odamlar haqidagi filmlardagi mashhur rollariga qaytishadi.
Filmga «Cheksizlik urushi» va «Intiho» kartinalarini suratga olgan aka-uka Entoni va Jo Russo rejissyorlik qilmoqda. Rasmiy materiallarga qaraganda, «Doktor Dum» superqahramonlarning navbatdagi uchrashuvigina emas, balki «Qasoskorlar: Maxfiy urushlar» filmida davom etadigan olamlar to‘qnashuvi haqidagi katta hikoyaning boshlanishi bo‘ladi.
Mamlakat: AQSH
Janr: fantastika, jangari film, sarguzasht
Davomiyligi: 2 soat 45 daqiqa
Premyera:
2026-yil 17-dekabr (jahon)
2026-yil 17-dekabr O‘zbekistondagi premyera
Yosh chegarasi: 18+
Rejissyorlar: Entoni Russo, Jo Russo
Aktyorlar: Robert Dauni — kichik, Kris Xemsvort, Pedro Paskal, Vanessa Kirbi, Entoni Maki, Sebastyan Sten, Tom Hiddlston, Florens Pyu, Pol Radd, Kris Evans, Patrik Styuart, Ien Makkellen, Jeyms Marsden, Rebekka Romeyn