Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Burlesque Show

Toshkentda ilk bor muntazam Burlesque Show yo‘lga qo‘yiladi!16-oktabrdan 14-noyabrgacha har juma va shanba kunlari YARD31’da Alexander Zlatin tomonidan tayyorlangan kechki shoular bo‘lib o‘tadi. Mehmonlarni burlesk chiqishlari, boy ko‘ngilochar dastur, musiqa va boshlovchi ishtirokidagi interaktivlar kutmoqda. Stolni +998 87 105 31 31 raqami orqali band qilish mumkin.

LVBEL C5 Toshkentda konsert beradi!

9-dekabr kuni Turkiyaning eng mashhur rep ijrochilaridan biri Humo Arena sahnasiga chiqadi. LVBEL C5 millionlab tinglovlar va tomoshalar to‘plagan «10 Numara», «Ralli» hamda «HAVHAVHAV» treklari bilan tanilgan. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.

«Импровизаторы» Toshkentda chiqish qiladi!

22-noyabr kuni «Panorama» kino san’ati saroyida ssenariysiz komedik shou bo‘lib o‘tadi. Arseniy Popov, Dmitriy Pozov, Sergey Matviyenko va Anton Shastun tomoshabinlar ko‘z o‘ngida turli syujetlarni yaratadi, sahna va obrazlar uchun mavzularni esa tomoshabinlarning o‘zlari taklif qiladi. Chiptalar narxi: 250 000 so‘mdan 2 000 000 so‘mgacha.

SAHAR

SAHAR guruhi Toshkentda katta yakkaxon konsert beradi!21-noyabr kuni Humo Arena’da jamoa AYOL dasturini taqdim etadi. Katta sahnada guruhning mashhur taronalari jonli ijroda yangraydi, musiqiy dastur esa keng ko‘lamli sahna bezaklari va yorug‘lik shousi bilan boyitiladi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 450 000 so‘mgacha.

Romantic Collection

Samarqandda xotiralarni uyg‘otuvchi musiqa yangraydi!17-oktyabr kuni NOSTALGIA klassik musiqa konserti bo‘lib o‘tadi. Simfonik orkestr romantik kuylar va tanish ohanglarga boy Romantic Collection dasturini ijro etadi. Dirijyorlik pultida — orkestr badiiy rahbari O‘ktam Tilavov.

Motorlar jangi

1908-yilda avtomobil ishqibozi Andrey Nagel va iste’dodli muhandis Dmitriy Bondarev «Russo-Balt» avtomobilini yaratish uchun jamoa tuzadilar. Loyiha kelajagi xavf ostida qolgach, Nagel mashinaning imkoniyatlarini nufuzli Monako rallisida isbotlashga va Yevropaning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilariga qarshi kurashishga qaror qiladi. Mamlakat: Rossiya Davomiyligi: 2 soat 23 daqiqa Premyera: 8-oktabr 2026 (O‘zbekiston) 25-sentabr 2026 (jahon) Yosh chegarasi: 12+ … Read more

Spadagi qizlar bazmi

Uch dugona kundalik tashvishlardan chalg‘ib, dam olish kunlarini spa-kurortda tinchgina o‘tkazishga qaror qiladi. Hammasi reja bo‘yicha ketayotgan bir paytda ularga kutilmaganda Mel qo‘shiladi — u har qanday dam olishni haqiqiy tartibsizlikka aylantira oladi. Tinch va sokin hordiq o‘rniga qizlarni kulgili va telba sarguzashtlar kutmoqda. Mamlakat: AQSh Davomiyligi: 1 soat 37 daqiqa Premyera: 8-oktabr 2026 (O‘zbekiston) … Read more

Veritining maxfiy kundaligi

Yozuvchi Louen Eshli mashhur Veriti Kroufordning romanlar turkumini yakunlash taklifini oladi. Sirli baxtsiz hodisadan so‘ng Veriti ijod qilishni davom ettira olmaydi. Kroufordlar uyiga ko‘chib kelgan Louen Veritining qo‘rqinchli iqrorlari yozilgan shaxsiy qaydlarini topadi va asta-sekin uning oilasi sirlariga aralashib qoladi. Mamlakat: AQSh Davomiyligi: 1 soat 54 daqiqa Premyera: 8-oktabr 2026 (O‘zbekiston) 2-oktabr 2026 (jahon) Yosh … Read more

Charli va Harper

Yosh sevishganlar Harper va Charli boshqa shaharda yangi hayot boshlashga qaror qilishadi. Harper oshpazlik sohasida karyera qurishni orzu qiladi, adabiyotga qiziqadigan Charli esa hali hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Ularning yo‘llari asta-sekin ajrala boshlagach, juftlik munosabatlarni saqlab qolish uchun sevgining o‘zi yetarlimi yoki yo‘qligini tushunishi kerak bo‘ladi. Mamlakat: AQSh Davomiyligi: 1 soat 42 daqiqa Premyera: … Read more

De Goll. 1-qism. Qarshilik

1940-yil iyun. Fransiya fashistlar Germaniyasiga taslim bo‘ladi, ammo general Sharl de Goll mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortadi. Londonga yo‘l olgan de Goll ittifoqchilarni Fransiyani ozod qilish uchun kurashni davom ettirishga ishontirishga harakat qiladi. Siyosiy kelishmovchiliklar va ko‘plab to‘siqlarga qaramay, uning atrofida asta-sekin Qarshilik harakati shakllana boshlaydi. Mamlakat: Fransiya, Belgiya, AQSh Davomiyligi: 2 soat 40 daqiqa … Read more