Burak Ozchivit Toshkentda
19-noyabr kuni Humo Arena’da turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit Bravo Orchestra bilan bir sahnada chiqish qiladi. «Qora sevda», «Choliqushi» va «Usmon asoschisi» seriallari yulduzi musiqiy-teatrlashtirilgan shouda ishtirok etadi. Orkestr esa ushbu va boshqa seriallardan mashhur saundtreklarni ijro etadi. Chiptalar narxi: 150 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha.