Chopuz Загрузка...

chopuz – афиша и обзоры всех мероприятий и событий Ташкент и Узбекистана

chopuz

Bosh sahifa › Yangiliklar › Amerikadan kelgan minglab bolalar rasmlari Toshkentda saqlanib qolgan!
Yangiliklar

Amerikadan kelgan minglab bolalar rasmlari Toshkentda saqlanib qolgan!

Tadbir haqida


Bobur ko‘chasidagi Do‘stlik bog‘ida noodatiy tarix yashiringan. 1988-yilda amerikalik ko‘ngillilar Toshkent aholisi bilan birgalikda ikki qardosh shahar do‘stligi sharafiga Sietl bog‘ini barpo etishgan.


Amerikalik maktab o‘quvchilari esa qariyb o‘n mingta sopol plitkaga rasmlar chizib, ularni Sietldan Toshkentga yuborishgan. Bu plitkalar daraxtlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan ariqlarni bezagan. Shu tariqa, Sovuq urush avjiga chiqqan davrda bolalarning rasmlari va tinchlik haqidagi maktublari Toshkentning bir qismiga aylangan.


Bugun Sietl bog‘i do‘stlik chegaralarni bilmasligini eslatuvchi maskan bo‘lib qolmoqda.