Yangiliklar
Toshkentdagi eng sirli inshootlardan biri o‘z eshiklarini ochadi!
Tadbir haqida
Mustaqillik maydoni ro‘parasida joylashgan, uzoq yillar davomida oddiy tashrif buyuruvchilar kira olmagan Knyaz Romanov saroyi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining filialiga aylantiriladi.
Binoning tarixiy qiyofasi to‘liq saqlab qolinadi, ichki qismida esa qariyb 300 ta eksponatdan iborat doimiy ekspozitsiya joylashtiriladi.
Yaqin orada poytaxt aholisi va mehmonlari ko‘pchilik faqat suratlar orqali bilgan ushbu saroyning betakror interyerlarini o‘z ko‘zlari bilan tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
×
‹
›