«Dyunа: Uchinchi qism»
Tadbir haqida
«Dyunа: Uchinchi qism» Pol Atreydes hikoyasini yakunlab, mutlaq hokimiyat uchun qanday badal to‘lashga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Harkonnenlar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Pol imperatorga aylanadi. Biroq uning nomidan boshlangan muqaddas urush butun galaktikani qamrab olib, milliardlab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Tarafdorlari Muad’Dibni payg‘ambar deb bilayotgan bir paytda, dushmanlari uning oilasi va imperiyasini yo‘q qilishga qodir fitna tayyorlaydi. Kelajakning ehtimoliy yo‘llarini ko‘ra oladigan Pol esa o‘z qarorlari sabab yuzaga kelgan falokatning oldini olishga urinadi.
Filmda Timoti Shalame, Zendeya, Florens Pyu, Xavyer Bardem, Rebekka Fergyuson, Josh Brolin va Jeyson Momoa o‘z rollariga qaytadi. Voyaga yetgan Aliya Atreydes rolini Anya Teylor-Joy, fitnaning sirli ishtirokchisi Skayteyl obrazini esa Robert Pattinson ijro etadi.
Uchinchi qism Frenk Gerbertning «Dyuna messiyasi» romani asosida suratga olingan. Deni Vilnyov qahramonning yuksalishi haqidagi an’anaviy hikoyadan chekinib, uning oqibatlariga — siyosiy fitnalar, diniy mutaassiblik va ozodlik kurashchisining odamlar qo‘rqadigan hukmdorga aylanishiga e’tibor qaratadi. Taqdim etilgan materiallarga qaraganda, trilogiya yakuni navbatdagi g‘alaba haqidagi hikoyadan ko‘ra, buyuk tanlangan inson haqidagi afsonaning fojiali tahliliga aylanadi.
Mamlakat: AQSH
Janr: fantastika, jangari film, drama
Vaqt: hozircha e’lon qilinmagan
Premyera:
2026-yil 17-dekabr — jahon premyerasi
2026-yil 18-dekabr — AQSHda
Yosh: hozircha e’lon qilinmagan
Rejissyor: Deni Vilnyov
Aktyorlar: Timoti Shalame, Zendeya, Rebekka Fergyuson, Anya Teylor-Joy, Jeyson Momoa, Florens Pyu, Robert Pattinson, Josh Brolin, Xavyer Bardem, Lea Seydu