Yuguruvchi
Tadbir haqida
«Yuguruvchi» — tomoshabinga deyarli bir zum ham to‘xtab, nafas rostlashga imkon bermaydigan shiddatli jangari triller.
Londonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan advokat Maya odatdagidek ertalab yugurishga chiqadi. Shu payt unga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lini o‘g‘irlab ketganini aytadi va barcha ko‘rsatmalariga so‘zsiz amal qilishni talab qiladi. Endi Maya butun London bo‘ylab yugurib o‘tishi, bir qator xavfli topshiriqlarni bajarishi va jinoyatchi nega aynan uni tanlaganini tushunishi kerak.
Bosh rolni Gal Gadot ijro etgan. U tomoshabinlarga «Mo‘jizakor ayol», «Forsaj» va «Qizil xabarnoma» filmlari orqali tanish. Shuningdek, kartinada «Vatan» seriali yulduzi Demian Lyuis hamda «Garri Potter» franshizasi va «Qotillik uchun jazodan qanday qutulish mumkin» serialida rol ijro etgan Alfred Enok suratga tushgan.
Rejissyor Kevin Makdonald London ko‘chalarini ulkan to‘siqlar maydoniga, oddiy yugurishni esa vaqt bilan poygaga aylantiradi. Film janrga yangilik olib kirishga urinmaydi, biroq shiddatli sur’ati, qisqa davomiyligi va doimiy kuzatuv hissi tufayli tomoshabinni finalgacha taranglikda ushlab turadi.
Mamlakat: Buyuk Britaniya
Janr: jangari film, triller
Vaqt: 1 soat 24 daqiqa
Premyera:
2026-yil 2-sentabr — jahon premyerasi
2026-yil 3-sentabr — Rossiya
2026-yil 3-sentabr — O‘zbekistondagi premyera
Yosh: 16+
Rejissyor: Kevin Makdonald
Aktyorlar: Gal Gadot, Demien Lyuis, Rori Uilmot, Alfred Enok, Feniks Di Sebastyani