Yaqinlashib kelayotgan konsertlar
Tafsilotlar
Sentabr va oktabr oylarida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan beshta konsertni jamladik.

Sergey Lazarev — 24-sentabr, «Xalqlar do‘stligi» saroyi
Mashhur xitlar, videodekoratsiyalar, raqslar va yorqin liboslarni birlashtirgan yangi «SHOUMEN» dasturi.

King Macarella — 3-oktabr, Humo Arena
Yangilangan treklar, vizual shou va maxsus mehmonlar ishtirokidagi beshinchi yubiley konserti.
Chiptalar olbilet.uz saytida mavjud.

Valeriy Syutkin — 16-oktabr, «Panorama»
«Vasya», «Ya — to, chto nado» va boshqa mashhur qo‘shiqlar «Syutkin Bend» guruhi jo‘rligida yangraydi.
Chiptalar olbilet.uz saytida mavjud.

A’Studio — 24-oktabr, «Yunusobod» sport majmuasi
«Uletayu», «Angel», «Tik-tak» va boshqa xitlardan iborat katta yakkaxon konsert.

Toxi$ — 31-oktabr, «Yunusobod» sport majmuasi
Reperning Toshkentdagi ilk konsertida «Ameli», «NOBODY», «I GOT U», «HURTZ» va «DANTE» treklari yangraydi.
Chiptalar olbilet.uz saytida mavjud.