Moskva Davlat akademik «Rus baleti» teatri
Tadbir haqida
Shchelkunchik
27-dekabr kuni «Xalqlar do‘stligi» saroyida tomoshabinlarga SSSR xalq artisti Vyacheslav Gordeyev sahnalashtirgan mashhur «Shchelkunchik» baleti namoyish etiladi. Bu butun dunyo tomoshabinlari qalbidan joy olgan eng mashhur klassik baletlardan biridir.
Shu kuni ikki spektakl — kunduzgi va kechki namoyish bo‘lib o‘tadi.
Chipta narxi: 40 000 so‘mdan 450 000 so‘mgacha.
Dunyoga mashhur balet
«Shchelkunchik» bir asrdan ortiq vaqt davomida eng mashhur balet spektakllaridan biri bo‘lib kelmoqda va Yangi yil mavsumining ramzi hisoblanadi.
Afsonaviy teatr
Moskva Davlat akademik «Rus baleti» teatri o‘zining klassik sahna asarlari va dunyo bo‘ylab gastrol safarlari bilan mashhur.
Yuqori ijro mahorati
Sahnada rus balet maktabi an’analarini davom ettirayotgan teatrning yetakchi solistlari chiqish qiladi.
Butun oila uchun
Spektakl klassik balet ixlosmandlari uchun ham, ushbu san’at turi bilan ilk bor tanishayotgan yosh tomoshabinlar uchun ham unutilmas taassurot qoldiradi.