Dance Your Style.
Tadbir haqida
Toshkentda strit-dans bo‘yicha milliy final chempionati bo‘lib o‘tadi.
16-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi DAKT hududida O‘zbekistonning eng kuchli raqqoslari Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan jahon finaliga yo‘llanma uchun raqs maydonida bahs olib boradi.
Musobaqaning eng asosiy o‘ziga xosligi shundaki, har bir battl g‘olibini hakamlar emas, balki tomoshabinlar tanlaydi. Aynan muxlislar eng munosib ishtirokchini aniqlab, mamlakatimizni xalqaro maydonda kim himoya qilishini hal qiladi.
Kirish bepul.
Mamlakatning eng kuchli raqqoslari
Oʻzbekistonning turli hududlaridan kelgan ishtirokchilar.
Jahon finaliga yoʻllanma
Gʻolib Shveysariyada boʻlib oʻtadigan finalda mamlakat sharafini himoya qiladi.
Tanlov tomoshabinlar qoʻlida
Battllar gʻolibini aynan tomoshabinlar tanlaydi.
Yorqin raqs battllari
Energiya, uslub va tomoshabop chiqishlar bir maydonda.