So‘nggi la’nat
Tadbir haqida
Riko dugonasi Shufen ijtimoiy tarmoqlarda g‘alati va qo‘rqinchli videolar joylayotganini payqaydi. Ko‘p o‘tmay, yangiliklarda tanasi dahshatli tarzda jarohatlangan qizning jasadi topilgani haqida xabar beriladi. Shufen bilan bog‘lanishga uringan Riko dahshatli haqiqatni bilib qoladi: dugonasi aslida olti oy oldin vafot etgan. Unda uning akkauntini kim yuritmoqda va qo‘rqinchli videolarni kim joylamoqda? Tergov davomida Riko izohlab bo‘lmaydigan voqealar girdobiga tushib qoladi va virtual olam haqiqiy dahshat manbaiga aylanadi.
Mamlakat: Yaponiya, Tayvan
Davomiyligi: 1 soat 34 daqiqa
Premyera:
(O‘zbekiston) 2026-yil 29-oktabr
(Jahon) 2025-yil 19-sentabr
Yosh chegarasi: 18+
Rejissyor: Kenichi Ugana
Aktyorlar: Yukino Kayzu, Yu, Mimi Shao, Shiho, Rey Fan, Ikun Chen, Junji Fujii, Fan Juy Chun, Kuo Syu Fen, Yutaka Kiyan, Kaido, Kazuki, Yasukaze Motomiya, Hironobu Nomura, Reyka Ozaki, Mondo Otani, Yuhey Shirakava, Tikako Tanaka, Rayon Yoza