«Chilla» — sovuq ta’mlar festivali
Tadbir haqida
Toshkent City’da «Chilla» — sovuq ta’mlar festivali bo‘lib o‘tadi!
21–23 avgust kunlari bu yerda avgust jaziramasidan qutulish uchun barcha sharoit yaratiladi: 10 tonna haqiqiy muzdan san’at obyektlari va fot zonalar, suvli arkalar va turli o‘yinlar, shuningdek, suv oqimlari bilan noodatiy suv attraksioni tashkil etiladi.
Mehmonlarni muzqaymoq, bubble tea, sovuq qahva, tanlovlar, DJ-setlar va kechki konsertlar kutmoqda. Sahnada — Rayhon, «Benom» va Dilnoza Hakimova.
Kirish bepul.
10 tonna muz
Ulkan art-obyektlar, suvli arkalar va noodatiy fot zonalar.
Salqin ta’mlar
Muzqaymoq, bubble tea va issiqdan qutqaruvchi sovuq qahva.
Musiqa va ko‘ngilochar dasturlar
DJ-setlar, tanlovlar va kechki konsertlar.
Sahnadagi yulduzlar
Rayhon, «Benom» guruhi va Dilnoza Hakimova.